Kozim To‘laganov yangi lavozimga tayinlandi

Kozim To‘laganov O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari - Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 30 mayda bu haqdagi qarorni imzoladi, deya xabar berildi O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida.
Kozim Nosirovich To‘laganov (1949 yilda tug‘ilgan) 1997-2001 yillarda Toshkent shahri hokimi, keyinroq bosh vazir o‘rinbosari va Toshkent viloyati hokimi (2005 yilgacha) sifatida ishlagan.
Prezident may oyi boshida «O‘zbekiston Respublikasining Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagandi. Mazkur hujjat arxitektura va shaharsozlik sohasini rivojlantirish, shahar va aholi punktlari bosh rejalarining ishlanmalari va ularni amalga oshirishni yaxshilash, davlat organlari va xo‘jalik boshqarmalari mas'uliyatini oshirish maqsadlarida qabul qilingan.
Mavzuga oid

14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi

13:31 / 29.04.2025