Rossiyaning Baykalorti o‘lkasidagi avtohalokatda 8 kishi halok bo‘ldi
11 iyunda Rossiyaning Baykalorti o‘lkasida soat 19.00larda "Baykal" federal trassasida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 25 kishi jarohat olgan.
"Avtobusda 51 kishi bo‘lgan, ulardan 8 nafari halok bo‘lgan, 25 nafari jarohat olgan", deb aytildi xabarda. Jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar.
Ma'lum qilinishicha, avtohalokat Petrovsk-Zabaykale tumanidagi Xoxotuy posyolkasidan 7 km g‘arbroqda, "Baykal" trassasining 702 kilometrida yuz bergan.
Ta'kidlanishicha, Chita shahriga ketayotgan avtobus yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘daralib ketgan.
Fojia sabablari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid

15:59 / 18.06.2025
Ko‘plab avtobus bekatlari talabga javob bermaydi – Raqobat qo‘mitasi

12:53 / 12.06.2025
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlandi

14:22 / 10.06.2025
Baykalortida o‘zbek meva-sabzavotlarini qabul qiluvchi markaz tashkil etiladi

00:00 / 10.06.2025