Safoyev: "Pokiston va Hindistonsiz Afg‘onistondagi muammolarni hal qilib bo‘lmaydi"

Xalqaro Press-klubning navbatdagi uchrashuvida Oliy Majlis Senat raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Pokiston va Hindistonning ShHTga qo‘shilishi tashkilot faoliyati qanday ta'sir ko‘rsatishi va uning O‘zbekistonning milliy manfaatlariga foydasi haqidagi savolga javob berdi.
"Hindiston va Pokiston Markaziy Osiyo bilan ginetik darajada bog‘liq, deb o‘ylayman. Bu davlatlar bilan bizning madaniyatimiz, arboblarimiz va qardoshlik rishtalarini inobatga olib, ularni begona deb ayta olmaymiz. O‘ylaymanki, aksincha - hozirgi Markaziy Osiyodagi muammolarning aksariyati aynan shu ikki mamlakat bilan yechimini topishi mumkin.
Nima uchun O‘zbekiston Pokiston va Hindistonning ShHTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi? Masalan, xavfsizlik masalasi. Afg‘onistonning asosiy muammolaridan biri - bu tashqi ta'sir. Biz qo‘shni mamlakatlar bilan u yerda tinchlikni qaror toptirishga doir dasturlarni amalga oshirishimiz kerak. Buni esa Pokiston va Hindistonsiz hal qilib bo‘lmaydi", - deya fikr bildirdi Safoyev.
Mavzuga oid

21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025