Abdulla Aripov XXR qishloq xo‘jaligi vaziri bilan uchrashdi

Foto: Xinhua
Bosh vazir Abdulla Aripov XXR qishloq xo‘jaligi vaziri Xan Chanfu bilan uchrashdi, tomonlar qishloq xo‘jaligi sohadagi hamkorlikni muhokama qilishdi. "Sinxua" agentligi shu haqida xabar berdi.
Xan Chanfu O‘zbekiston hukumati rahbariga XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyanning salomini yetkazdi. Vazir yaqinda Pekinda yuksak darajada o‘tgan "Bir makon - bir yo‘l" doirasidagi Forum davomida ikki mamlakat rahbarlari samarali muzokaralar o‘tkazishgani, uning bu safargi tashrifi esa ana shu muzokaralarni hayotga tadbiq etish va qishloq xo‘jaligida ikki tomonlama keng qamrovli hamkorlikni rag‘batlantirishni maqsad qilganini ta'kidladi.
Xan Chanfu XXR va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga investitsiya kiritish, agrosanoat parklari qurilishini faol rag‘batilantirish, birgalikda xalqaro namunaviy chorvachilik maydonini yaratish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish, qishloq xo‘jaligi fan va texnologiyalari hamda gumanitar aloqalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ikki mamlakatdagi qishloq xo‘jaligini hamkorlikda rivojlantirish uchun texnologik qo‘llab-quvvatlash va bozor maydonini ta'minlashga doir hamkorlik aloqalarini kengaytirish zarurligini qayd etdi.
Abdulla Aripov, o‘z o‘rnida, O‘zbekiston hukumati qishloq xo‘jaligi rivojiga katta e'tibor qaratayotgani, XXR tajribasini o‘rganmoqchi ekani va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, paxtachilik, akvamadaniyat va ipakchilik kabi sohalarda Xitoy bilan hamkorlikni mustahkamlash, qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini rag‘batlantirish va fermerlar daromadini oshirishga umid bog‘layotganini ta'kidladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

16:26 / 05.06.2025
Tojikistonda MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi

09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin

08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi

15:46 / 13.05.2025