Quyun vaqtida yo‘lovchi samolyotining qo‘ndirilishi videosi paydo bo‘ldi

Foto: pixabay.com
Sochi aeroporti yaqinida bir nechta quyun yuz berayotgan vaqtda yo‘lovchi samolyoti qo‘nishni amalga oshira oldi. Ushbu holat aks etgan video “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘ldi.
Voqea 29 avgust kuni yuz bergan. Videoda samolyot Qora dengiz ustida kuzatilayotgan bir nechta kuchli quyun yaqinidan uchib o‘tib, qo‘nishga ketayotganini ko‘rish mumkin. Samolyot qayerdan kelayotgani noma'lumligicha qolgan.
“Sochi Ekspress” portalining ma'lum qilishicha, 29 avgustda quyun, yomg‘ir va kuchli shamol sababli Sochi aeroportida 9 ta reys ushlanib qolgan. Bundan tashqari, aeroportga kelayotgan bir nechta samolyot Anapa va Krasnodarga qo‘nishiga to‘g‘ri kelgan. Kechga yaqin vaziyat yaxshilangan.
Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha bosh boshqarmasi 29-31 avgustda Sochi sohillari yaqinida, Qora dengiz ustida quyunlar paydo bo‘lishi mumkinligidan favqulodda ogohlantirishni e'lon qilgan.

Mavzuga oid

14:20 / 20.06.2025
Tbilisi-Toshkent yo‘nalishidagi samolyot uchish aeroportiga favqulodda qaytib qo‘ndi

18:13 / 19.06.2025
Shamol siljishi tufayli bir necha samolyot Toshkentga qo‘nolmadi

13:10 / 18.06.2025
“10 daqiqa erta borganimda samolyotda bo‘lardim” - talaba yo‘ldagi tirbandlik sabab Dreamliner halokatidan omon qoldi

11:51 / 13.06.2025