Singapurga Halima Yoqub prezident bo‘lishi mumkin

Foto: twitter.com/@wartapolitik
Singapurda o‘tkazilishi rejalashtirilgan prezidentlik saylovida o‘z nomzodini ilgari surayotgan Halima Yoqubga raqobatchi hali topilgani yo‘q. Agar mazkur vaziyat ertagacha, 13 sentabrgacha o‘zgarmay qolsa, shu kunning o‘zida yangi prezident nomi ma'lum bo‘ladi.
Vestminister tizimida siyosiy faoliyatni amalga oshiruvchi Singapurda ilk zamonaviy saylovlar 1993 yilda o‘tkazilgandi. Mamlakat prezidentligiga nomzodlar qattiq nazorat ostida va uzoq davom etuvchi jarayon orqali aniqlanadi. Odatda Singapur hayotida muqobil tanlov tamoyili bilan prezidentlik saylovi tashkil etilmaydi. Shuning uchun bitta nomzodning nomi ilgari surilishi oddiy holat hisoblanadi.
Mamlakat prezident amalda katta vakolatlarga ega bo‘lmaydi, chunki de fakto hokimiyat bosh vazir qo‘lida jamlanadi. Prezident qonun amaliyotida veto huquqiga ega.
Hozirgi saylov 23 sentabr kuni o‘tkazilishi va shu kunda g‘olib e'lon qilinishi kerak, ammo nomzod faqat bitta bo‘lsa, jarayon tezlashib ketishi mumkin.
Mavzuga oid

14:20 / 28.05.2025
O‘zbekiston va Singapur yarimo‘tkazgichlar sohasida hamkorlik qiladi

15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

21:00 / 11.04.2025
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi

21:22 / 07.03.2025