Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi rahbariyati tizimida o‘zgarish yuz berdi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Avtomobil yo‘llaridagi ko‘kalamzorlashtirish va me'moriy-landshaft qurilmalari tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori imzolandi.
Qabul qilingan qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasiga – ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalariga javob beradigan rais o‘rinbosari lavozimi qo‘shiladi hamda u bir paytning o‘zida "O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish" unitar korxonasi direktori hisoblanadi. Shuningdek, qo‘mita tarkibida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish boshqarmasi ham tashkil etiladi.
Qaror bilan "O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish" unitar korxonasining tashkiliy tuzilmasi hamda korxonaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari namunaviy tuzilmalari ham tasdiqlandi.
Mavzuga oid

14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi

13:31 / 29.04.2025