Atamboyev: Qo‘shnilarimiz o‘ziga kelmasa, men boshqacha gaplashaman

Foto: President.kg
“Bir oy-bir yarim oy qoldi, hamda men agarda bizning qo‘shnilarimiz, qo‘shni rahbarlar o‘zlariga kelishmasa, ko‘zlari ochilmasa, boshqacha gaplashaman”, - deya ma'lum qildi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bugun davlat mukofotlarini topshirish marosimida so‘zlagan nutqida.
"Men adolatli, halol hukumatning namunasini ko‘rsatganimdan faxrlanaman. Va bunda menga Temir Jumaqodirov kabilar yordam berdi. Garchi o‘lim uni bizning safimizdan tortib olgan bo‘lsa ham, biz olti milliondan ortiqmiz ", - dedi prezident.
"Men butun eski elitani saylovlardan so‘ng olib ketaman, lekin men qaytaman, ular esa yo‘q. Sababi hozirda odamlar boshqacha, hamda o‘zingiz ko‘rdingiz: mening buyurtmam bilan uchta eng nufuzli kompaniya ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazdi. Agarda, boshida prezidentdan nomzodda 3, Bobonovda esa - 39 foiz bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda bizning nomzodimiz 40 foizdan ko‘pga, Bobonovda esa – 20 foizga egadir. Bizning xalqimiz nima yaxshi ekanligini tushunib yetadi, ammo buning uchun oldin nima bo‘lganini ko‘rish kerak", - dedi Almazbek Atamboyev.
Shuningdek, Atamboyev kimni qizdirilgan temir bilan jazolash kerakligi haqida ham aytib o‘tdi.
"Men Bakiyev davrini qaytarishni istagan har qanday odam bilan o‘zim ish ko‘raman. Kelajakda kim do‘stimiz, kim dushmanimiz ekanligini aniqlab olishimiz kerak bo‘ladi. Bizga mamlakatda alg‘ov-dalg‘ovlik keltirib chiqarmoqchi bo‘lgan odamlar kerakmi? Biz yetarlicha azob chekdik va qanchadan-qancha ajoyib fuqarolarimiz halok bo‘ldi", - dedi davlat rahbari.
"Olti yil ichida men, umid qilamanki, Qirg‘iziston fuqarolarining ishonchini qozonishga muvaffaq bo‘ldim. Bizda mahalliy boy olti yil mobaynida hech narsa qilinmaganligi, korrupsiya haqida gapirganida, bizning nomzodimiz aynan undan boshlashimiz kerakligini aytib, to‘g‘ri ish qilmoqda! Ilgari mening ko‘nglim yumshoq edi, soddadil edim... Bundaylarni qizdirilgan temir bilan jazolash kerak. Sizlarning joyingiz qamoqda!" - dedi Almazbek Atamboyev.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolgariya prezidenti 9 iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
Jahon | 16:35
-
Kolumbiyada saylovoldi mitingida chiqish qilayotgan senatorga suiqasd uyushtirildi - video
Jahon | 16:02
-
Tramp Los-Anjyelesga Milliy gvardiya askarlarini yubormoqda
Jahon | 15:59
-
O‘zbekistonda dorilar Qozog‘istonga qaraganda qimmat – farmatsevtika bozoriga qanday omillar ta’sir qilyapti?
O‘zbekiston | 15:50
Mavzuga oid

21:12 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi

17:34 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali olib tashlandi

15:32 / 05.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi marta yuk tashildi

22:17 / 03.06.2025