Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilida prezident saylovi natijalari ma'lum qilindi

Foto: How South Africa
Chili markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidenti saylovida Sebastyan Pinera g‘olib bo‘lganini ma'lum qildi. U mamlakatni 2018-2022 yillarda boshqaradi.
99,62 foiz ovoz hisoblab chiqilgandan keyin Pinera 54,57 foiz, uning raqibi senator Alexandro Giliyer 45,43 foiz ovoz olgani ma'lum bo‘ldi.
“Raqibim Sebastyan Pinerani tabriklayman, men g‘alaba bilan tabriklash uchun unga qo‘ng‘iroq qildim”, deb aytgan Giliyer Santyagodagi matbuot anjumanda.
Amaldagi prezident Mishel Bachelet ham Pinerani g‘alaba bilan tabriklagan.
Pinera va Giliyer saylovning 1-turida mos ravishda 36,64 va 22,70 foiz to‘plagandilar. 1-turda g‘olib bo‘lish uchun 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plash kerak edi.
Sebastyan Pinera avval ham prezident lavozimini 2010-2014 yillarda egallagan. Forbes ma'lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 2,7 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Mavzuga oid

21:36 / 23.06.2025
Chilida dunyodagi eng katta teleskop birinchi sinov tasvirlarini uzatdi

20:13 / 02.05.2025
Argentina sohillarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

14:14 / 26.02.2025
Chilida butun mamlakat bo‘ylab blekaut yuz berdi

22:59 / 14.02.2025