Argentina sohillarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan. Chili hukumati sunami sabab ayrim hududlarda evakuatsiya e’lon qildi.

Foto: Getty images
Argentina sohillarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazining ma’lum qilishicha, yerosti silkinishlari o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Chili Tabiiy ofatlardan ogohlantirish va ularning oqibatlarini bartaraf etish milliy xizmatiga ko‘ra, zilzila magnitudasi 7,5 ni tashkil etgan. Mamlakat janubidagi Magalyanes mintaqasida evakuatsiya e’lon qilindi. Qayd etilishicha, zilzila sunamini yuzaga keltirishi mumkin.
Zilzila epimarkazi Navarino orolidagi (Olovli yer arxipelagi) Puerto-Uilyams posyolkasidan 218 kilometr uzoqlikda joylashgan. Aholi soni — taxminan 50 ming kishi.
Eslatib o‘tamiz, 23 aprel kuni Turkiyaning Istanbul shahrida davomli yer silkinishlari kuzatildi, ulardan ikkinchisining magnitudasi 6,2 ballni tashkil etdi. Soat 12:13 dagi birinchi yer silkinishi kuchi esa 3,9 magnitudaga teng bo‘lgan. Ikki zilzila epimarkazi ham Istanbulning markaziy qismidan 50 kilometr g‘arbda, Marmar dengizi sohilidagi Silivri shahri yaqinida joylashgan.
Istanbul gubernatori ofisiga ko‘ra, kamida 151 kishi jarohatlangan, ular yer qimirlashi vaqtida vahimaga tushib, o‘zlarini baland joylardan tashlashgan. Shuningdek, Istanbuldagi zilzilada kuchli qo‘rquv tufayli O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan.
Mavzuga oid

20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi

22:38 / 13.05.2025
O‘zbekistonda binolarning zilzilaga bardoshliligi xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganiladi

17:56 / 12.05.2025