Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda o‘qituvchi maktabda otishma sodir etdi

Foto: The Courier-Journal, Arza Barnett
AQShning Jorjiya shtatidagi maktabda o‘qituvchi otishma sodir etdi. Buning oqibatida hech kim jabrlanmagan, o‘qituvchi esa qo‘lga olingan. Maktab faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan. Bu haqda tvitterda mahalliy politsiya ma'lum qildi.
Delton shahrining tvitterdagi akkauntida Toshkent vaqti bilan soat 22:30da bir kimsa mahalliy maktabning sinfxonalaridan birida qamalib olgani va bu o‘qituvchi ekanligi haqida xabar paydo bo‘lgan.
Keyinroq politsiya ota-onalarni maktab binosiga kirmaslikka chaqirgan va 10 daqiqa o‘tmasdan, gumonlanuvchi qo‘lga olinganini ma'lum qilgan.
AQShda Floridadagi maktabda yuz bergan ommaviy qotillikdan keyin bunday voqealar sinchkov kuzatilmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp ba'zi o‘qituvchilarni xavf paydo bo‘lgan vaqtda o‘z o‘quvchilarini himoyalay olishlari uchun qurollantirish variantini muhokama qilmoqda. Biroq bu taklif ko‘plab tanqidlarga uchradi, chunki odamlar ko‘ngilsiz voqealar yanada ko‘proq yuz berishidan xavotirlanmoqdalar.
Mavzuga oid

18:13
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32