Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda dollar kursi 7982 so‘mgacha tushdi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 29 maydan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 15,70 so‘mga arzonlagan va 1 dollar 7982 so‘mu 25 tiyinga teng bo‘lib turibdi.
Shu tariqa, Amerika valyutasi kursi ikki haftadan berish 8000 so‘mdan pastda turibdi - o‘tgan haftada dollar birinchi marta 7998 so‘mga tushib ketgandi.
Yevro kursi esa 97,47 so‘mga tushib, 9299,32 so‘mni tashkil qilgan.
1 Rossiya rubli kursi 0,80 so‘mga arzonlab, 127,57 so‘mga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yevro 3 kun ichida 471 so‘mni, dollar esa 22 so‘mni yo‘qotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

22:56 / 20.06.2025
So‘m 5 kunda 2 foizga mustahkamlandi. Bunga nimalar ta’sir qilyapti?

16:51 / 18.06.2025
Dollarning rasmiy kursi oxirgi 10 oylikdagi eng past darajaga tushdi

15:08 / 01.06.2025
Bolgariyada valutaning yevroga o‘zgarishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

22:31 / 28.04.2025