Telegram App Store O‘zbekistonda yana yetakchiga aylandi
Telegram App Store O‘zbekistonda «Yandeks.Taksi»ni ortda qoldirdi. Bundan App Annie ma'lumotlari darak bermoqda, deb yozadi Spot.
Ilova 7 maydan beri birinchi marta iOS foydalanuvchilari orasida eng ko‘p yuklab olinuvchi dasturga aylandi.
Jadvaldan ko‘rish mumkinki, Telegram vaqti-vaqti bilan 3-o‘rin va undan pastga tushib ketgan. Bu vaqt davomida «Yandeks.Taksi» birinchi pozitsiyani egallab turgan, u endi ikkinchi o‘rindan joy oldi. Top-5dagi boshqa pozitsiyalarni Instagram, imo va shareIT egalladi.
Yetakchilikka qaytishni Telegram may oyida deyarli jiddiy nosozliklarsiz ishlagani bilan bog‘lash mumkin. Masalan, aprelda servis bir necha marotaba soatlab ishlamay qolgandi.
Mavzuga oid

23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi

18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi

18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi

20:25 / 20.05.2025