Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Tramp va Nikson o‘rtasidagi kutilmagan o‘xshashlikni topdi
AQSh prezidenti Donald Trampda, xuddi davlatning 37-rahbari Richard Niksonda bo‘lgani kabi, bosim ostida bo‘lgan siyosiy dushmanlarning ro‘yxati bor. Bu haqda The Washington Post yozmoqda.

Foto: AP
Niksonda prezidentning harakatlaridan norozi bo‘lgan siyosatchilar, ishbilarmonlar va jurnalistlarni o‘z ichiga qamrab olgan 20ta «siyosiy dushman»dan iborat ro‘yxat bo‘lgan. Uning maslahatchisi Jon Din ham ularga bosim o‘tkazish uchun tegishli chora-tadbirlar ro‘yxatini tuzgan.
Nashrning qayd etishicha, Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq boshlig‘i Jon Brennandan maxfiy hujjatlarga kirish huquqini olib qo‘yish ham «Trampning dushmanlari ro‘yxati» mavjudligidan dalolat beradi. Ta'kidlanishicha, AQSh prezidenti ma'muriyati maxsus xizmatlarning yana to‘qqiz zobitiga qarshi choralar ko‘rishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MRBning 6 nafar sobiq rahbari Trampga qarshi chiqqandi.
AQSh xavfsizlik xizmatining sobiq xodimlari va Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ning olti nafar sobiq direktori Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp tanqid ostiga olingan qo‘shma xatni imzoladi.
Mavzuga oid

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32 / 12.07.2025