O‘zbekiston va Ukraina yuk avtotashuvlari uchun ruxsatnoma almashdi

Foto: Sputnik
Ukraina va O‘zbekiston 2018 yilda yuk avtomobil tashuvlari uchun qo‘shimcha ruxsatnomalar almashish va 2019 yilga kvotalarni belgilash to‘g‘risida kelishib oldilar.
Xususan, tomonlar 2018 yilga xalqaro yuk avtomobil tashuvlarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha ruxsatnomalar almashish to‘g‘risida kelishib oldilar: ikki tomonlama tashuvlar uchun 500 dona; tranzit tashuvlari uchun 200 dona; uchinchi mamlakatlarga/mamlakatlardan yetkazib berish uchun 100 dona.
O‘zbekiston va Ukraina vakillari 2019 yilga xalqaro yuk avtomobil tashuvlari uchun ruxsatnoma kvotalarini o‘rnatdilar: ikki tomonlama tashuvlar uchun 1,7 ming dona (2018 yildagi kvotaga nisbatan +700), tranzit tashuvlar uchun 500 dona (2018 yil uchun avvalgi kvotaga +200 dona) va uchinchi mamlakatlarga/mamlakatlardan tashuvlar uchun 450 dona (2018 yilga avvalgi kvotaga +150).
Mavzuga oid

16:21
Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzgan o‘zbekistonlik erkak besh yilga qamaldi

16:17
Vengriyada avtobus ishtirokidagi YTHda 17 nafar ukrainalik bola jarohat oldi

15:38
Bild: Kiyev Germaniyadan milliardlab yevrolik qurol-yarog‘ so‘rayapti

20:08 / 06.07.2025