Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Payariqdagi «Yoshlar markazi»da yong‘in chiqdi

18 oktabr kuni soat 8:10 atrofida Samarqand viloyati Payariq tumanidagi «Yoshlar markazi»ning ikkinchi qavatida yong‘in sodir bo‘ldi.
Samarqand viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, voqea joyiga yetib borgan yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari soat 9:20da yong‘inni bartaraf etishgan. Binoning ikkinchi qavatida joylashgan «Kovorking markazi»ning 60 kv.m. plastikli shifti va tunukali tom qismi yong‘indan zarar ko‘rgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Voqea joyiga Payariq tumani hokimi, Samarqand viloyati IIB YoXB, tuman prokuraturasi va boshqa tegishli tashkilotlar vakillari yetib borishgan.
Ayni vaqtda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun, «Kovorking markazi» shu yilning avgustida foydalanishga topshirilgandi.
Mavzuga oid

16:43 / 26.07.2025
O‘rmon yong‘inlari havo isiyotgani bilan bog‘liqmi? Ularning oldini olish choralari mavjudmi?

15:11 / 26.07.2025
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi

12:45 / 25.07.2025
“Surxondaryoning “o‘pkasi” yonib ketyapti” – Sheroboddagi yong‘in davom etayotgani ma’lum bo‘ldi

21:48 / 24.07.2025