Dostonbek Hamdamov O‘zbekiston chempionatiga qaytmoqda

O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Dostonbek Hamdamov faoliyatini O‘zbekiston Superligasida davom ettiradi.
Tribuna.uz manbasiga ko‘ra, transfer huquqi Mahachqal'aning «Anji» klubiga tegishli bo‘lgan bu futbolchi yaqin vaqtlar ichida Toshkentning «Paxtakor» klubi safiga qo‘shiladi.
Futbolchining o‘zi ma'lum qilishicha, u «sherlar» bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi va yangi klubida 17-raqamli futbolkada to‘p suradi.
Ayni vaqtda «Anji» Kislovodsk shahrida 27 nafar futbolchi bilan yig‘in o‘tkazmoqda, ular orasida Hamdamov yo‘q. U ayni vaqtda, Osiyo Kubogidan keyin Toshkentga qaytgan.
Yaqin vaqtlar ichida tomonlar transfer haqida rasman e'lon qilishi kutilmoqda.
Ayni vaqtda 22 yoshda bo‘lgan Dostonbek Hamdamov futbolchilik faoliyatini Sirdaryoning «Yangiyer» klubida boshlagan, keyin «Bunyodkor» akademiyasiga o‘tgan. U 2014 yilda «qaldirg‘ochlar»ning asosiy tarkibida debyut qilgan va jamoada 3 mavsum davomida to‘p surgan. U bu davr mobaynida jamoa uchun 82 o‘yin o‘tkazib, 33 gol urgan, jamoa bilan bir marta O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritgan.
«Anji» 2018 yil bahorida uni o‘z safiga qo‘shib olgan va u bilan 1,5 yillik shartnoma tuzgandi.
Dostonbek Hamdamov 2013 yilda O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a'zosi bo‘lgan, 2014-15 yillarda O‘zbekiston yoshlar jamoasida, 2016 yildan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida mamlakat sharafini himoya qilgan. 2016 yilda milliy terma jamoaga chaqirilgan. U 2015 yilda Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e'tirof etilgandi.
«Paxtakor» bundan oldinroq «Bunyodkor»ning sobiq futbolchilari Akrom Komilov va Sardor Sobirxo‘jayev, shuningdek, «Navbahor»dan Aziz Turg‘unboyevni o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

23:43 / 05.11.2018
RPL. Afonin, Hamdamov va Denisov jamoalarida g‘alaba

00:25 / 08.05.2018
Dostonbek Hamdamov «Anji» bilan murakkab ahvolda qoldi

13:20 / 18.03.2018
Dostonbek Hamdamovning «Anji»dagi debyuti muvaffaqiyatli chiqdi

18:10 / 01.03.2018