Kechikkan avtoulov uchun qariyb 11 million so‘m tovon to‘landi

Buxoro tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Vobkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Navro‘zov Sa'dullo murojaat qilgandi.
U o‘z murojaatida «Sitora-avto savdo» MChJ bilan Nexia-3 AV-CS16 rusumli avtomashina sotib olish uchun belgilangan to‘lovni amalga oshirib, shartnoma qilganini bildirgan. Shartnomaga asosan, 2019 yil 1 yanvarga qadar avtomashina fuqaroga yetkazib berilishi belgilab qo‘yilgan. Agar o‘z vaqtida yetkazib berilmasa, korxona tomonidan har bir kechiktirilgan kun uchun 0,4 foiz miqdorida penya to‘lanishi shartnomada belgilab qo‘yilgan. Ammo iste'molchiga shartnomada ko‘rsatilgan muddatda avtomashina berilmagan.
Ma'lum qilinishicha, fuqaro murojaati jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, fuqaroga Nexia-3 AV-CS16 avtomashinasi yetkazib berilishi ta'minlangan, shuningdek iste'molchining arizasiga binoan, kechiktirilgan muddat bo‘yicha penya hisoblanib, korxona tomonidan fuqaroga 10.910.418 (o‘n million to‘qqiz yuz o‘n ming to‘rt yuz o‘n sakkiz) so‘m penya puli to‘landi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi
Jahon | 13:22
-
Transport vaziri gapi hukumat qarorini to‘xtatib qo‘ya oladimi? -taksichilar istalgan hududda ishlash erkinligi cheklanganicha qolmoqda
O‘zbekiston | 12:48
-
Tramp tug‘ilgan kunida Vashingtonda harbiy parad o‘tkazdi. Mamlakat bo‘ylab ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
Jahon | 12:36
-
Parkentda uch bola cho‘kib ketgani yuzasidan jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 11:24
Mavzuga oid

17:20 / 19.12.2023
MBning Buxoro viloyati bo‘yicha boshlig‘i va sobiq tuman hokimi hibsga olindi

11:06 / 08.08.2023
Buxoro tumaniga yangi hokim tayinlandi

18:02 / 17.02.2023
Prezident Buxorodagi zamonaviy issiqlik elektr stansiyasini borib ko‘rdi

09:41 / 13.12.2022