Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotojamlanma: «Ipak yo‘lida turizm» xalqaro ko‘rgazmasining ilk kuni qanday o‘tdi?

13 noyabr kuni «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuida «Ipak yo‘lida turizm» 25-xalqaro ko‘rgazmasi ochildi.
3 kun davom etadigan yirik tadbir 2ta pavilonda o‘tkazilmoqda. Milliy pavilonda har bir mintaqaning milliy madaniyati va sayyohlik salohiyatining o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etuvchi O‘zbekiston mintaqalarining taqdimot stendlari, shuningdek, «Hunarmandlar shahri» ekspozitsiyasi taqdim etilgan.
Xalqaro pavilonda esa xalqaro transport kompaniyalari, davlat tashkilotlari, diplomatik vakolatxonalar, O‘zbekiston va xorij sayyohlik va kurort maskanlari stendlari joy olgan.
Ko‘rgazmaning ilk kunida «Sharq bozori», «Ipak yo‘li lazzati» milliy taomlar festivali, O‘zbekiston sayyohlik brendi elchilarining xalqaro forumi, Shahrisabz xalqaro milliy kiyimlar festivali taqdimoti, hunarmandlar uchun mahorat darslari va mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid

12:27 / 21.07.2025
Manama va Toshkent o‘rtasida havo qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

09:08 / 21.07.2025
O‘zbekistonga iyunda xorijdan 1,1 mlnga yaqin sayyoh keldi

15:12 / 14.07.2025
Singapurliklar uchun O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar tashkil etiladi

14:44 / 14.07.2025