Avstraliya bosh vaziri yong‘inlar vaqtida ta'tilga chiqqanidan pushaymon bildirdi

Foto: REUTERS /Dean Lewins
Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison mamlakatni yong‘inlar qamrab olgan vaqtda ta'tilga ketganidan pushaymon bildirdi.
Avstraliyada oktyabrdan beri o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashilmoqda. Yong‘in oqibatida mamlakatning Yangi Uels shtatida 2,7 mln gektar o‘rmon yo‘q qilingan. Ayni vaqtda yong‘in oqibatida 3 mlndan ko‘proq o‘rmonning kuli ko‘kka sovirilgan va 8 kishi halok bo‘lgan.
Joriy haftada shtatda favqulodda vaziyat tartibi kiritildi. 17 dekabr esa kuzatuvlar olib borilayotgan davr ichida Avstraliyadagi eng issiq kun bo‘lgan. Havo harorati 40,9 darajani tashkil qilgan.
Avstraliyaliklar shunday og‘ir damda bosh vazir ta'tilga ketganidan achchiq bildirishgan. Bosh vazir bemavrid ta'til va mamlakatni tark etgani uchun hamyurtlaridan uzr so‘ragan.
“Bu og‘ir damda oilam bilan o‘tkazgan ta'tilim o‘rmon yong‘inlaridan jabr ko‘rgan ko‘plab avstraliyaliklarni ranjitganidan pushaymonman”, deb aytgan Morrison va ushbu ta'til qizlari uchun syurpriz sifatida rejalashtirilganini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid

18:29 / 24.06.2025
Gretsiyaning Xios orolini o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi - fotolar

13:43 / 11.06.2025
Beshta davlat ikki isroillik vazirga qarshi sanksiyalar kiritdi

21:48 / 07.06.2025
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi

17:11 / 04.06.2025