Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: O‘zbekiston koronavirus tufayli Xitoyga borishni cheklamoqda

Foto: EPA
O‘zbekiston hukumati Xitoyga safarlarni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida topshiriq berdi. Bu haqdagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.
«O‘zbekiston hukumati koronavirus epidemiyasi rasman bartaraf etilmagunicha Xitoyga safarlarni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida topshiriq berdi», deyiladi xabarlarda.
31 yanvar kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2019-nCoV koronavirusining tarqalishini xalqaro darajadagi tibbiy favqulodda holat deb e'lon qildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda virusdan zararlanish oqibatida kamida 213 kishi halok bo‘lgan, qariyb 10 ming kishi virusni yuqtirib olgan. JSST ma'lumotiga ko‘ra, Xitoydan boshqa yana 18 davlatda jami 98 nafar bemor aniqlangan, ammo Xitoydan tashqarida o‘lim holatlari kuzatilmagan.
Ayni vaqtda xavfli koronavirus Rossiya va Buyuk Britaniya hududiga ham yetib kelgan.
Bundan avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Xitoy fuqarolarining O‘zbekistonga kirib kelishini vaqtinchalik cheklashni taklif qilgandi.
Ma'lumot uchun, ayni vaqtda koronavirus o‘chog‘i bo‘lmish Uxan shahrida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba qolmoqda.
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025