11 mln kishilik Uxanda deyarli barcha odamlar koronavirusga tekshirib bo‘lindi
Xitoy mutasaddi idoralari yangi koronavirus tarqalishi markazi hisoblangan 11 mln kishilik Uxanda virusga chalinganlarni aniqlash bo‘yicha katta ko‘lamli ishlarni deyarli nihoyasiga yetkazishdi. Tekshirishlar o‘tkazilishi 6 fevralda e'lon qilingandi.

Foto : TASS
Bu haqda shahar qo‘mitasi kotibi Ma Gotsyan ma'lum qildi.
“Biz 99 foiz oilani tekshirdik. Maqsadimiz 11 fevralgacha barcha ishni yakunlash”, deb ma'lum qilgan Ma Gotsyan.
Bir necha kun ichida 4,2 mln oila yoki 10,6 mln kishi virusga chalinganlikka tekshirib chiqilgan.
Ma Gotsyanning ta'kidlashicha, aholi o‘rtasida kasallanganlarning qolishi xavfini to‘liq istisno qilish uchun shifokorlar va Uxan ma'muriyati vakillari barcha mehmonxonalar, yotoqxonalar, uylar va xonadonlarni ikki martalab aylanib chiqishgan. “Birinchi tekshiruvda tahlillar virus yo‘qligini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, bir kun o‘tishini kutib, so‘ngra yana tekshiruvni amalga oshirish kerak edi. Faqat shundagina odam virusga chalinmaganini ta'kidlash mumkin”, deb tushuntirgan Ma Gotsyan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, koronavirusdan Uxanda 681 kishi vafot etgan, 16,9 ming kishi unga chalingan. Mingdan ko‘proq uxanliklar sog‘ayib ketgan.
Mavzuga oid

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

23:21 / 15.05.2025