Chelyabinskda sodir bo‘lgan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
Chelyabinsk oblasti hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi, jumladan O‘zbekiston fuqarosi Z.S. vafot etdi

Foto: vk.com/ugibdd_174
O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2020 yilning 16 fevral kuni Chelyabinsk–Troitsk trassasi, Chelyabinsk oblasti hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 2 kishi, jumladan O‘zbekiston fuqarosi Z.S. vafot etdi.
TIV xabariga ko‘ra, bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga jo‘natish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti YTH munosabati bilan hamdardlik izhor etgan hamda Rossiyaning Ural federal okrugi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Isroilga yangi raketalar to‘lqinini uchirdi
Jahon | 07:41
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
Mavzuga oid

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

07:47 / 27.07.2024