Chernobil hududidagi yong‘in o‘chirildi
Chernobil Atom Elektr Stansiyasining taqiq hududidagi yong‘in o‘chirildi.

Ammo o‘t o‘chiruvchilarga cho‘g‘larning alangalanishini oldini olish uchun yana bir necha kun kerak, deb xabar berdi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy sayti.
13 aprel kuni kuchli shamol tufayli vaziyat og‘irlashgan va yong‘inni nazorat qilish murakkablashgan edi. Olovni o‘chirish uchun juda ko‘p texnika va ichki tarkib a'zolari jalb qilindi. Natijada, olovning harbiy o‘q-dorilar omborlariga, «Ukritiye» va «Vektor» inshootlariga, taqsimlovchi elektrostansiyaga va radioaktiv chiqindilar omboriga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Yong‘inning o‘chirilgani haqida Ukraina davlat ekologiya inspeksiyasi rahbari vazifasini bajaruvchi Yegor Firsov ham e'lon qildi. «Qisqacha aytadigan bo‘lsak, yong‘in o‘chirildi, yomg‘ir ham yordam berdi. Radiatsiya foni doimiy tarzda o‘lchanmoqda, ammo bizdagi ma'lumotlar hammasi me'yorda ekanini ko‘rsatyapti», deb yozdi mulozim «feysbuk» sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Chernobilning taqiq hududidagi yong‘in 4 aprel kuni boshlangan edi. Favqulodda holat markazida radiatsiya foni ko‘tarilgani haqida ham xabar berilgandi.
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

08:16 / 07.06.2025