Uchta viloyat hokimi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Madaniyat vazirligining «Madaniyat va san'at fidokori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro‘yxatida uchta viloyat hokimi, bank rahbarlari va 2020 yilda vafot etgan 7 nafar san'atkor bor.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan madaniyat va san'at sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan bir guruh shaxslarga «Madaniyat va san'at fidokori» ko‘krak nishoni topshirildi.
Madaniyat vaziri buyrug‘i bilan taqdirlangan 106 kishi orasida uch viloyat hokimi, bir necha banklarning rahbarlari hamda 2020 yilda vafot etgan taniqli san'atkorlar ham bor.
Jumladan, Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev, Farg‘ona viloyati Xayrulla Bozorov hamda Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatovga ko‘krak nishoni topshirilgan.
«Madaniyat va san'at fidokori» ko‘krak nishoni Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 mart kungi qarori bilan tasdiqlangan. Madaniyat vazirligi nomzodlarning hujjatlarini o‘rganib chiqadi va nishon Yangi yil bayrami arafasida madaniyat vaziri tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar BHMning 3 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

00:26 / 14.05.2025
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi

12:14 / 04.03.2025
San’atkorlarga «u yoki bu dinni targ‘ib qilmaslik» bo‘yicha tushuntirish olib borildi

18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi

14:21 / 21.12.2024