Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bog‘dod tumaniga yangi prokuror tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Fozilov Akmal Murotovich Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani prokurori etib tayinlandi.

Akmal Fozilov 1987 yilda Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. Namangan davlat universiteti va Bosh prokuratura Akademiyasini tamomlagan. Adliya maslahatchisi.
2008—2014 yillar davomida Farg‘ona viloyati prokuraturasi organlarida, 2014—2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bo‘lim katta prokurori, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2018—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid

10:17 / 31.07.2025
Mochalka yetishtiradigan qishloq: Chekxitoydan reportaj

22:03 / 13.06.2025
Ko‘r-ko‘rona tergov va prokurorning yolg‘oni: Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi

20:12 / 26.05.2025
Samarqand shahrining sobiq prokurori Navoiy shahriga prokuror bo‘ldi

21:06 / 22.05.2025