15ta tuman va shahar mebelsozlikka moslashtirildi – prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev investitsiya va eksportni ko‘paytirish bo‘yicha videoselektor o‘tkazmoqda. Unda mebelsozlik va avtomobilsozlik sohalaridagi holatga to‘xtalib o‘tildi.
«Bugungi kunda respublika bo‘yicha 5,5 mingta mebel korxonasidan 1,5 mingtasi aholi xonadonlarida joylashgan bo‘lib, ularni sanoatlashtirish orqali kamida mingta loyihani amalga oshirish mumkin.
Misol uchun, Xorazmdagi mebelsozlarning 44 foizi Xonqada joylashgan. Tumandagi «Istiqlol», «Barkamollik», «Paxtagul» va «Vatanparvar» mahallalarida 100dan ziyod oila o‘z xonadonlarida mebel ishlab chiqaradi.
Shu bois, joriy haftada mebel sanoatini rivojlantirish bo‘yicha imzolangan qarorga muvofiq, 15ta tuman (shahar) mebelsozlikka moslashtirildi.
Nukus, Andijon, Oltinko‘l, Romitan, Qarshi, Karmana, Past Darg‘om, Uzun, Bog‘dod, O‘rta Chirchiq, Xonqa tumanlari, Jizzax, Qarshi, Namangan va Yangiyer shaharlarida klaster shaklidagi mebelchilik kichik sanoat zonalari tashkil etilib, 200 million dollarlik 450ta loyiha joylashtiriladi va kamida 8 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Agar viloyat rahbarlari bu masalada jiddiy e'tibor qaratsa bundan ham yuqori natijalarga erishsa bo‘ladi», degan prezident.
Bosh vazir o‘rinbosari, investitsiya va savdo vaziri Sardor Umurzoqov «Charmsanoat» rahbari va viloyat hokimlari bilan birga joriy yilda 421 million dollarlik 248ta loyihani yakuniga yetkazishi lozimligi qayd etilgan.
Shuningdek, Umrzoqov «Eltexsanoat» va viloyat hokimlari bilan birga yil yakuniga qadar elektrotexnika ishlab chiqarish hajmini 15 trln so‘mga yetkazishi, buning uchun umumiy qiymati 140 million dollarlik 45ta loyihani ishga tushirishi kerakligi ta'kidlangan.
Yig‘ilishda so‘nggi 5 yilda avtomobilsozlikda ishlab chiqarish 3,4 baravar oshgani ta'kidlangan. Davlat rahbari yutuqlarni e'tirof etarkan, quyidagi raqamlarni keltirdi:
«2017 yildan beri avtomobilsozlikda ishlab chiqarish – 3,4 baravar, elektro-texnika – 2 baravar, farmatsevtika va qurilish materiallari – 1,4 baravar, metallurgiya – 1,2 baravarga oshdi. Tayyor to‘qimachilik va maishiy texnika mahsulotlari eksporti 5 baravarga o‘sdi.
Ushbu davrda 441 trln so‘mlik 47 mingdan ziyod yirik, o‘rta va kichik loyihalar ishga tushirilib, 680 mingdan ortiq doimiy yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Shuningdek, so‘nggi 4 yilda mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va servis sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun 100 trln so‘m (10 mlrd dollar) investitsiyalar yo‘naltirildi.
Toshkent shahrida – 17 trln so‘m, Toshkent viloyatida – 10 trln so‘m, Buxoro va Samarqand – 9 trln so‘mdan, Surxondaryo va Farg‘ona – 8 trln so‘mdan, Andijon – 7 trln so‘m, Jizzax va Qashqadaryo – 6 trln so‘mdan, Xorazmda – 5 trln so‘m, Qoraqalpog‘iston, Navoiy va Namangan – 4 trln so‘mdan, Sirdaryo – 3 trln so‘m yo‘naltirilgan», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Toshkent viloyatiga so‘nggi 4 yilda yo‘naltirilgan 950 million dollar xorijiy investitsiya va bank kreditlari hisobiga atigi 40 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan, ya'ni bir ish o‘rni 24 ming dollarga to‘g‘ri kelmoqda.
Vaholanki, Namanganda 2 baravar kam mablag‘ sarflanib (430 million dollar), 52 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy o‘zining yadroviy arsenalini hammadan tezroq kuchaytirmoqda
Jahon | 08:41
-
Soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakati fosh qilindi
Jamiyat | 08:27
-
Eronda Isroil hujumlari qurbonlari soni 224 nafarga yetdi - Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jahon | 07:12
-
Erondagi Fordo yadroviy markazi yaqinida zilzila kuzatilgan
Jahon | 07:06
Mavzuga oid

18:43 / 14.06.2025
O‘zbekiston xorijiy investorlar tomonidan ishonchli hamkor sifatida qabul qilinmoqda – Saida Mirziyoyeva

16:32 / 12.06.2025
Toshkentda Xalqaro tijorat sudi ochiladi

15:50 / 12.06.2025
Agalarov Development Chorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan loyihasiga 5 mlrd dollar investitsiya kiritadi

23:57 / 11.06.2025