Toliblar AQShning bir nechta samolyot va vertolyotini egallab oldi - OAV

Foto: TASS
AQShning bir nechta samolyoti, harbiy vertolyotlari va tanklarga qarshi raketalari toliblar qo‘liga tushdi. Bu haqda Al-Arabiya telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh rahbariyati toliblar qo‘liga oz miqdorda qurol tushganidan ham xavotirlanmoqda.
Ta'kidlanishicha, AQShda “Tolibon” qo‘lga kiritgan qurolni yo‘q qilish bo‘yicha hali birorta qaror yo‘q. AQSh bu maqsadda bir nechta amaliyot o‘tkazish, jumladan toliblar omborlarini bombardimon qilish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun evakuatsiya jarayoni to‘liq yakunlanishini kutmoqda. Manbalarning aytishicha, toliblarda uchuvchilar va texnik xizmat imkoni yo‘qligi sababli ularning qo‘lga kiritilgan samolyot va vertolyotlardan foydalana olishi dargumon.
Avvalroq AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp AQSh Afg‘onistonda 83 mlrd dollarlik qurilmalar, to‘liq jihozlangan harbiy bazalar va elchixona binosini tashlab ketayotganini aytgan.
Mavzuga oid

18:40
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

18:20
AQShda bortida 20 kishi bo‘lgan samolyot qulab tushdi. Barcha tirik qoldi

15:06 / 08.06.2025
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan

22:08 / 07.06.2025