Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda temiryo‘lga tosh ko‘chib tushdi
«Angren-Pop» elektrlashtirilgan temiryo‘lining Namangan viloyati hududidan o‘tgan 71 km qismida ko‘p yog‘ingarchiliklar sababli temiryo‘l liniyalari oldiga tog‘dan tosh uyumlari ko‘chib tushgan.

Foto: FVV matbuot xizmati
«Bugun, soat 10:30larda «Qamchiq» Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga «Angren – Pop» elektrlashtirilgan temiryo‘lining 71-kilometri va A-373-avtomobil’ yo‘li «Toshkent – Vodiy» yo‘nalishining 232,2-kilometrida yo‘l chetiga tosh-tuproq massasi tushgani bo‘yicha xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVVning «Qamchiq» MQYoQB qutqaruvchilari va tegishli tashkilot xodimlari yetib borib, vaziyatni o‘rgandilar.
Hozirda hududlarda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari olib borilmoqda.
Shuningdek, yog‘ingarchilik mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida dovon yo‘lida qo‘shimcha yana 3 ta mexanizatsiyalashtirilgan post tashkil etildi», deyiladi FVV matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid

13:40 / 16.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

14:24 / 14.07.2025