Namanganda YPX xodimi “shantaj” qilishga urindi
Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi va fuqaro o‘rtasida tortishuv aks etgan tasvirlar tarqaldi. Namangan viloyati IIB xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tasvirdagi holat 18 may kuni Namangan shahar I.Karimov ko‘chasiga tungi xizmatga jalb etilgan YPX inspektori S.Ahrolov bilan yuz bergan.
YPX xodimi tomonidan haydovchidan avtomashinasini old va orqa oynalarini qoraytirib olgani sababli hujjatlarini tekshirish maqsadida hujjatlari so‘ralgan. Shu vaqtda inspektor va haydovchi o‘rtasidagi muloqot yozib olingan.
Haydovchi tegishli hujjatlarni taqdim qilgan; mashinaning old va orqa oynalari yorug‘lik o‘tkazuvchanligi moslama yordamida o‘lchab ko‘rilgan. Old oynasi 51 foiz va orqa oynalari 100 foiz ekani aniqlanib, haydovchiga ruxsat berilgan.
“Ushbu xodim bilan bog‘liq tarqalgan videolar bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq Namanganda YHXB xodimi qonunga zid ravishda haydovchiga elektroshoker qo‘llagandi. Unga nisbatan ham xizmat tekshiruvi tayinlangani aytilgandi. Ammo natijasi hozirga qadar ma’lum qilinmadi.
Mavzuga oid

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi

08:34 / 17.05.2025
Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi

18:39 / 16.05.2025