Uchko‘prik tumaniga yangi hokim tayinlandi
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani hokimi birinchi o‘rinbosari Abrorjon Asqarov tumanning yangi hokimiga aylandi.
Bugun, 23 may kuni Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Uchko‘prik tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, sessiya ishida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, tuman kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, sektorlar, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, mahallalar raislari, jamoatchilik faollari, OAV vakillari ishtirok etgan.

Sessiyada so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uchko‘prik tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Akmaljon Mahmudaliyev Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganini aytib o‘tdi.
Viloyat hokimi shu kunga qadar Uchko‘prik tumani hokimining birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Abrorjon Qambarovich Asqarov nomzodini tuman hokimi lavozimiga tavsiya qildi.

Tavsiya etilgan nomzod tuman kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Ma’lumot uchun, Abrorjon Asqarov 1984 yil Buvayda tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. 2004 yildan bank-moliya tizimida mehnat qilib kelgan, 2018–2019 yillarda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki Farg‘ona viloyati filiali boshlig‘i, 2019 yildan Uchko‘prik tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mers: Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak
Jahon | 15:42
-
O‘zbekistondagi o‘rmon va yaylov yerlarining bir qismi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun beriladi
O‘zbekiston | 14:59
-
Yo‘llardagi kameralar faqat jarima yozishi emas, transport oqimini boshqarishi kerak – prezident
O‘zbekiston | 14:52
-
Axios: Isroil AQShni Eron bilan urushga qo‘shilishga chaqirmoqda
Jahon | 14:48
Mavzuga oid

08:40 / 07.06.2025
Alyumin sexida 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

15:25 / 02.06.2025
Ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

19:58 / 21.05.2025