O‘zbekistonlik dasturchilar Facebook’dan loyiha uchun grant yutib olishdi
Investitsiyalar hajmi 3 million dollarni tashkil etgan loyiha mualliflaridan biri Beknazar Abdikamalov bungacha Amazon’da ishlagan. Loyiha bosh muxandisi Aziz Murtazayev esa Facebook sobiq dasturchisi hisoblanadi.
Qoraqalpog‘istonlik Beknazar Abdikamalov va Aziz Murtazayev Janubiy Koreyalik hamkori Jastin Kim bilan birgalikda Ami ruhiy salomatlik bo‘yicha startap ishga tushirish uchun Meta (Facebook) grantini qo‘lga kiritdilar. Investitsiyalar hajmi 3 million dollarni tashkil etgan. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, loyiha ruhiy salomatlik xizmatini yanada qulayroq qilish uchun onlayn maslahat seanslarini o‘z ichiga oladi. Bu Osiyo mamlakatlaridagi biznes egalariga o‘z xodimlarining ruhiy salomatligini yaxshilash imkonini beradi.
Startap asoschilari ta’kidlashicha, bunday platformani yaratish g‘oyasi pandemiyadan keyin paydo bo‘lgan, negaki Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2022 yil mart oyidagi hisobotiga ko‘ra, pandemiyadan so‘ng butun dunyo bo‘ylab depressiya, tushkunlik darajasi 25 foizga oshgan.
“Biz Ami jamoasining ishtiyoqi va iste’dodidan hayratdamiz. Ularning Osiyo aholisiga ruhiy salomatliklarini saqlash yo‘lida yana bir usul taqdim etish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqchimiz”, dedi Sunita Parasuraman, “Meta” kompaniyasining investitsiyalar bo‘limi rahbari.
Osiyoning ulkan startap markazlari Singapur va Jakartadan tashqari, Ami startapini butun Osiyo bo‘ylab kengaytirish, bu orqali kompaniyalarga ruhiy salomatlik platformasi yordamida yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. Loyiha asoschilari, jamiyatda ruhiy salomatlik ahamiyati haqidagi bilimlarni oshirishni o‘zlari uchun oliy maqsad deb bilishadi.
Moliyalashtirish bosqichida Meta’ga investorlardan “Goodwater Capital” (“Kakao”, “Coupang” va “Viva Republica”), “Strong Ventures”, “January Capital” va “Collaborative Fund” kelib qo‘shilgan.
Ma’lumot uchun, nukuslik Aziz Murtazayev bungacha Facebook'da, Beknazar Abdikamalov esa Amazon'da ishlagan.
Bundan oldin Kun.uz Amazon'da faoliyat olib borgan nukuslik Beknazar Abdikamalovdan intervyu olgan edi. U hozir Amazon'dagi faoliyatini yakunlab, asosiy e’tiborini o‘zining Ami ruhiy salomatlik bo‘yicha startap loyihasiga qaratgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning Xarkivni o‘qqa tutishi: 2 kishi halok bo‘ldi, 54 kishi yaralandi
Jahon | 08:37
-
Tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir bo‘lgan hududlar ro‘yxati kengaymoqda
O‘zbekiston | 08:04
-
Bayram bayramday bo‘ldi. O‘zbekistonning tarixiy o‘yinidan Kun.uz fotoreportaji
Sport | 00:13
-
Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga berilgan BYDʼni jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi
Sport | 23:49 / 10.06.2025
Mavzuga oid

08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi

12:02 / 09.01.2025
«Xavf bo‘lmay turganda erkinlikni qo‘llab-quvvatlayman, deyish oson» - Durov Tsukerbergning bayonoti haqida

20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi

19:05 / 12.12.2024