Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 11 000 so‘mdan pastga tushdi
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga yettinchi bor pastladi.

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1 iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 25,09 so‘mga pastlab, 10 985,79 so‘mni tashkil qildi. Yevro 74,25 so‘mga pastlab, 11 780,06 so‘m bo‘ldi. Rubl 4,17 so‘mga ko‘tarilib, 179,43 so‘m bo‘ldi.
30 may kuni dollar kursi qatorasiga oltinchi bor pastlab (-23,27 so‘m), 11 010,88 so‘mni tashkil qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxirida Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi jahon bozoriga ta’sir ko‘rsata boshladi. Rasmiy kurs oxirgi bor 14 mart kuni 11 000 so‘mlik nuqtadan past bo‘lgandi - 10 998,06 so‘m. Keyingi kunlar davomida kurs keskin tezlik bilan ko‘tarildi:
- 15 mart kuni - 11 033, 03 so‘m (+34,97 so‘m)
- 16 mart kuni - 11 150,12 so‘m (+117,09)
- 17 mart kuni 11 330,38 so‘m (+180,26 so‘m)
- 20 mart kuni 11 571,99 so‘m (+241,61 so‘m).
Kurs aprel oyi boshlaridan buyon tushib kelmoqda. 15 aprelda kurs 11 300 so‘mdan, 28 aprel kuni esa 11 200 so‘mdan pasaygandi.
Mavzuga oid

16:50 / 23.06.2025
Dollarning rasmiy kursi 12 410 so‘mgacha tushdi

21:49 / 19.05.2025
So‘nggi bir haftada dollar 100 so‘mga qimmatlab, keyin 122 so‘mga arzonlashdi

18:32 / 13.02.2025
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 13 000 so‘mdan oshdi

21:39 / 01.11.2024