Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston shimolida o‘rmon yong‘inlari maydoni 9400 gektarga yetdi
O‘rmon yong‘ini juma kuni boshlangan, olov o‘rmon atrofidagi qishloqlarga yaqinlashgan, 1800 nafardan ortiq kishi kievakuatsiya qilindi.

Foto: Qozog‘iston FVV
Qozog‘iston shimolidagi Qo‘stanay oblastida o‘rmon yong‘inlari maydoni 9400 gektarga yetdi. Bu haqda Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili Aybol Akbarov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada favqulodda yong‘in xavfi saqlanib turibdi.
FVVning xabar berishicha, o‘rmon yong‘ini juma kuni boshlangan, olov o‘rmon atrofidagi qishloqlarga yaqinlashgan, u yerdagi aholi evakuatsiya qilinmoqda.
"3 sentabr 23.00 holatiga umumiy yong‘in maydoni 9400 gektarni tashkil etmoqda", - dedi Akbarov.
Ma’lumot berilishicha, yuzaga kelgan xavf sababli 1841 kishi evakuatsiya qilingan.
Yong‘inni o‘chirishga 350 kishi, 51ta texnika, uchta samolyot, to‘rtta yong‘inga qarshi kurash poyezdi jalb qilingan.
Mavzuga oid

16:48
To‘qayev Trampning 25 foizlik bojlar haqidagi maktubiga javob yo‘lladi

14:32 / 09.07.2025
Rossiya Qozog‘istonga ketgan fuqarolardan 2 yillik soliqni talab qilmoqda

17:57 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi

09:05 / 08.07.2025