Andijon shahar “Jahon bozori”da yong‘in sodir bo‘ldi
Andijon shahar “Jahon savdo kompleksi”da tongda yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan FVV viloyat boshqarmasi axborot xizmati Kun.uzʼga ma’lumot berdi.

Foto: FVV viloyat boshqarmasi axborot xizmati
Qayd etilishicha, 2022 yil 19 oktyabr kuni soat 03:46da Andijon shahar, “Yorboshi” MFY, Nayman ko‘chasida joylashgan “Jahon savdo kompleksi” AJga qarashli do‘konlarda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:56da yetib borib, yong‘in soat 04:00da to‘liq qurshab olingan, soat 04:16da yong‘in batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.
Avvalroq, Jizzaxda paxta g‘aramiga o‘t ketgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

08:16 / 07.06.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

09:03 / 06.06.2025
Sergelidagi mebel sexida yong‘in ro‘y berdi

18:26 / 05.06.2025
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi

13:59 / 05.06.2025