O‘zbekistonda Telegram faoliyatida uzilishlar kuzatildi. AKT munosabat bildirdi
Mutaxassislar aloqani saqlab qolishga urinish bo‘layotganini ma’lum qilishdi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda Telegram faoliyatida muammo yuzaga keldi, bu haqda Telegram ijtimoiy tarmog‘i mijozlarini qo‘llab-quvvatlash Markazi vakili xabar berdi.
«Ulanishdagi muammolar. Telegram tarmog‘ida birmuncha vaqt davomida aloqa uzilib qolmoqda. Jamoa bundan xabardor. Muammo Telegram tarafida emas, biroq jamoa aloqani saqlab qolishga harakat qilmoqda», deyiladi xabarda.
Markaz vakili muammo bartaraf etilganidan so‘ng, qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Telegram bilan bog‘liq muammo haqida izoh berib, foydalanuvchilarni tinchlantirdi.
«Telegram messenjeri ulanishidagi ba’zi foydalanuvchilardagi muammolar tufayli, «u O‘zbekistonda bloklandi» deb xavotirlanishga o‘rin yo‘q», deyiladi bayonotda.
Telegram tarmog‘ida aloqa sifati bilan bog‘liq muammo so‘nggi marta 23 mart kuni qayd etilgan va muvaffaqiyatli bartaraf qilingan edi.
Mavzuga oid

23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi

18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi

18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi

20:25 / 20.05.2025