Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasidagi davlat ulushi 87 mln dollarga sotildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining balansda saqlovchisi Poytaxt qurilish va xizmat MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini 87 mln dollarga Abu Dhabi Uzbek Investment MChJ QKga sotish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

Foto: Hyatt Regency
Sotuv jarayonida KPMG Valuation and Consulting MChJ xalqaro konsalting kompaniyasi Davaktiv agentligining xususiylashtirish bo‘yicha konsultanti vazifasini bajardi, aksiyalar paketini mustaqil baholash xalqaro baholovchi kompaniya PricewaterhouseCoopers MChJ tomonidan amalga oshirilgan.
Majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni belgilangan malaka mezonlariga muvofiqligi, mintaqadagi ish faoliyati, bitimni yopish shartlari va mehmonxona baholangan qiymatidan yuqoriligi bo‘yicha eng yaxshi xarid qiymatini taqdim etgan Abu Dhabi Uzbek Investment MChJ QK xalqaro tender natijalari bo‘yicha g‘olib deb topildi.
Abu Dhabi Uzbek Investment MChJ QK taklifi xalqaro konsultant tomonidan hisoblangan mehmonxona indikativ narxlar oralig‘i yuqori qismida joylashgani hamda mehmonxona baholangan qiymatidan ancha yuqori ekani aytiladi. Bitim talabgor tomonidan sotib olish to‘loviga qo‘shimcha ravishda mehmonxonani rivojlantirish uchun 12 mln dollar miqdorida investitsiya kiritish majburiyati bilan birga to‘lovni to‘liq bir yo‘la to‘lash orqali amalga oshiriladi.
Abu Dhabi Uzbek Investment (BAA-O‘zbekison) 1 milliard dollarga teng kapitalga ega bo‘lgan investitsiya kompaniyasi bo‘lib, uning maqsadi O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan loyihalarga sarmoya kiritishdir. Kompaniya hozirgacha O‘zbekiston iqtisodiyoti turli tarmoqlariga 100 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan.
Besh yulduzli Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi 2016 yilda Toshkent markazida faoliyat boshlagan va O‘zbekistondagi xalqaro Hyatt brendi birinchi mehmonxonasiga aylangan. Umumiy yer maydoni - 3,1 gektar, bino va inshootlar qurilish osti maydoni - 60,1 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Mehmonxona 8 qavatdan iborat, mehmonlar uchun 300 ta xonalar, 248 ta standart va 52 ta lyuks/polulyuks xonalar mavjud.
Mavzuga oid

16:15 / 25.07.2025
Rossiya fuqarolari zaharlanib vafot etgan Toshkentdagi mehmonxona egasi 8 yilga qamaldi

12:30 / 08.06.2025
Toshkentdagi mahalla ichida 5 qavatli mehmonxona qurilishi mumkin. Aholi bunga qarshi chiqmoqda

13:15 / 07.06.2025
Mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya muddati uzaytirildi

16:50 / 02.06.2025