Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatga aylandi
O‘zbekiston qaysi davlatlardan eng ko‘p import qilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar oyida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Germaniya va Rossiya yetakchilik qilmoqda.
Qayd etilishicha, Germaniyadan 490,8 mln dollarlik, Rossiyadan esa 469,6 mln dollarlik mahsulotlar import qilingan.
Shuningdek, importda yuqori ulushga ega bo‘lgan qolgan davlatlar quyidagicha:
- Xitoy – 461 mln;
- Qozog‘iston – 276,8 mln;
- Turkiya – 153,5 mln;
- Koreya – 141,4 mln;
- Litva – 105 mln;
- Fransiya – 73,5 mln;
- Braziliya – 70,2 mln;
- Singapur – 62,4 mln AQSh dollari.
Avvalroq O‘zbekiston yanvar oyida 13 ta samolyot import qilgani, shundan 6 tasi Germaniyadan sotib olingani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid

07:47 / 11.07.2025
O‘zbekiston 5 oyda qariyb 10 mingta elektromobil import qildi

13:56 / 09.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar haqida ma’lum qildi

15:34 / 04.07.2025
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash tartibi tasdiqlandi

19:40 / 28.06.2025