Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda eng yirik kriptobirja - Binance sudga berildi
Tovar fyucherslari savdo komissiyasi Binance birjasi yillar davomida ataylab AQSh qonunchiligiga rioya qilishdan qochgan deb hisoblaydi.

Foto: Reuters
AQSh tovar fyucherslari savdo komissiyasi (CFTC) dunyodagi eng yirik kriptovaluta birjasi Binance va uning bosh direktori Changpeng Chjao ustidan sudga murojaat qildi. CFTC'ning 27 mart, dushanba kuni e’lon qilingan press-relizida ta’kidlanganidek, bunga tovar birjalari to‘g‘risidagi qonunning, shuningdek, regulyator qoidalarining bir necha bor buzilishi sabab bo‘lgan.
Da’voga ko‘ra, Binance 2019 yil iyul oyidan beri AQSh fuqarolariga derivativ savdoni taklif qilmoqda, ammo uning muvofiqlik dasturi samarasiz. Bundan tashqari, kompaniya o‘z xodimlari va mijozlariga korporativ foydani maksimal darajada oshirish uchun nazoratni chetlab o‘tishni tavsiya qilgan, deyiladi hujjatda.
CFTC ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan davrning aksariyat qismida Binance o‘z mijozlaridan platformada savdo qilishdan oldin identifikatsiya ma’lumotlarini taqdim etishni talab qilmagan, garchi qonun bo‘yicha fyuchers treyderlari bunday ma’lumotlarni to‘plashlari shart. Bundan tashqari, Binance, CFTC ma’lumotlariga ko‘ra, terrorizmni moliyalashtirish va pul yuvishning oldini olish uchun mo‘ljallangan asosiy muvofiqlik tartib-qoidalarini amalga oshirmagan.
Mavzuga oid

18:13
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32