Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kimyoviy qurol zaxirasini butkul yo‘q qildi
30 ming tonnadan ortiq kimyoviy qurol zaxiralarini yo‘q qilish bo‘yicha ko‘p yillik kampaniyani yakuniga yetdi.

Foto: AP
Kentukki sharqidagi harbiy obektda Qo‘shma Shtatlarning so‘nggi kimyoviy qurol zaxirasi yo‘q qilindi, deb xabar berdi CBS News.
Bu voqea Birinchi jahon urushi davriga borib taqaladigan urush olib borish usullarining butun bir bobini yopadigan muhim bosqichdir, deb ta’kidladi nashr.
Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, asab tizimini shol qiluvchi zarin moddasiga ega M55 raketasi 7 iyul kuni Blue Grass harbiy omborida yo‘q qilingan. Bu bilan 30 ming tonnadan ortiq kimyoviy qurol zaxiralarini yo‘q qilish bo‘yicha ko‘p yillik kampaniyani yakunlandi.
AQSh prezidenti Jo Bayden, o‘z navbatida: «Ma’muriyatlar bu qurollar endi hech qachon ishlab chiqilmasligi yoki joylashtirilmasligi haqida qaror qabul qilishdi. Bu yutuq nafaqat Kimyoviy qurollar bo‘yicha konvensiyadagi uzoq muddatli majburiyatlarimizga mos keladi, balki xalqaro organ tomonidan ommaviy qirg‘in qurollarining butun toifasi yo‘q qilinganini tasdiqlashi haqidagi ilk holatdir», dedi.
Oq uy rahbari, shuningdek, «o‘ttiz yildan ortiq vaqt davomida o‘z vaqti va iste’dodini ushbu ezgu va qiyin missiyaga bag‘ishlagan minglab amerikaliklarga» minnatdorchilik bildirdi.
Nashrning yozishicha, 1997 yilda kuchga kirgan va 193 davlat qo‘shilgan Kimyoviy qurolni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq, 30 sentabr AQSh o‘z kimyoviy qurollarining qolgan qismini yo‘q qilishi kerak bo‘lgan oxirgi muddat edi.
Mavzuga oid

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32 / 12.07.2025