Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Malibu-2 urib yuborgan 17 yashar o‘smir vafot etdi
Yunusobod tumanida Malibu-2 va piyoda ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: IIBB YHXB
Joriy yilning 27 iyul kuni soat 23:15 larda Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan O.A. Malibu-2 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning tartibga solinmagan piyodalar o‘tish qismidan kesib o‘tayotgan piyoda, 2006 yilda tug‘ilgan A.S.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid

21:33 / 12.07.2025
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda

17:53 / 12.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi

17:45 / 12.07.2025
Chinozda opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan yigitga hukm o‘qildi

16:09 / 12.07.2025