Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayvan kuchli to‘fonga tayyorlanmoqda: 3000 kishi evakuatsiya qilindi
Tayvanda minglab odamlar evakuatsiya qilinmoqda, maktablar yopilgan va aviaqatnovlar bekor qilingan. Dovulli shamollar va kuchli yomg‘irlar kutilmoqda.

Foto: Chiang Ying-ying/AP Photo/picture alliance
Tayvan «Xaykuy» to‘foniga tayyorgarlik ko‘rmoqda, bo‘ronli shamollar va kuchli yomg‘irlar kutilmoqda. Mahalliy hokimiyat organlarining 3 sentabr, yakshanba kuni ma’lum qilishicha, ehtiyot chorasi sifatida uch mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan, aeroportlar deyarli 250 ta reysni to‘xtatgan. Tayvan janubiy va sharqiy qismlarida ko‘plab idora va ta’lim muassasalari yopildi.
To‘fonning birinchi xabarchilari erta tongda orol qirg‘oqlariga yetib kelishdi. Noqulay ob-havo kunning ikkinchi yarmida kuchayib, 4 sentabr ertalabgacha davom etgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda shamol tezligi soatiga 190 kilometrga yetmoqda.
Xitoydagi to‘fon
4 sentabr kuni to‘fon Xitoy janubiy hududlariga yetib borishi kutilmoqda. Xitoyning Guandun va Futszyan provinsiyalarida qutqaruvchilar keng ko‘lamli ehtiyot choralari tufayli kutilganidan kamroq jiddiy bo‘lib chiqqan «Saola» to‘foni oqibatlarini bartaraf etmoqda. O‘lim holatlari qayd etilmagan.
Meteorologlar «Xaykuy» «Saola»dan kuchsizroq bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Mavzuga oid

21:54 / 15.07.2025
Tayvan armiyasi shahar ichida jang olib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi

07:47 / 15.07.2025
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi

15:50 / 13.07.2025
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda

17:44 / 09.07.2025