Qirg‘izistonda davlat bayrog‘ini o‘zgartirish taklif qilindi
Tashabbuskorlar bayroqdagi quyoshning to‘lqinsimon nurlari tasvirini to‘g‘ri tasvirlash lozimligini ta’kidlamoqda.

Foto: AKIpress
28 sentabr kuni Jogorku Kenesh «Qirg‘iziston Respublikasining davlat ramzlari to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi.
Tashabbuskorlar Jogorku Kenesh deputatlari Nurlanbek Shakiyev va Ulan Primov bo‘lib, ularning fikricha, qonun loyihasi Qirg‘iziston Respublikasi bayrog‘ini takomillashtirishga qaratilgan.
Deputatlar Qirg‘iziston bayrog‘i markazidagi quyosh nurlari to‘lqinsimon bo‘lgani sababli odamlarni chalg‘itayotgani, jumladan, kungaboqar guliga o‘xshab qolganini ta’kidlamoqda. Ular quyosh nurlarini tekis, to‘g‘ri qilib tasvirlashni taklif etmoqda.
Qirg‘iziston bayrog‘idagi quyosh nurlarining yangi eskizini ishlab chiqish uchun dastlabki bosqichda ushbu bayroq mualliflari jalb qilingan, ular matematik hisob-kitoblar, chizmalar va tegishli ishlarni amalga oshirgan.
Qirg‘iziston bayrog‘i mamlakat Oliy Kengashining 1992 yil 3 martdagi qarori bilan tasdiqlangan. Unga muvofiq, bayroq rangi qizil ekani, markazida tasvirlangan quyoshning oltinrang nurlari bilan o‘ralgan o‘tovning tuynugi milliy ramz ekani belgilab qo‘yilgan.
2004 yil 17 iyulda «Qirg‘iziston Respublikasining davlat ramzlari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Uning 3-moddasida davlat bayrog‘ining tavsifi, rangli va sxematik tasviri berilgan.
Mavzuga oid

21:12 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi

17:34 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali olib tashlandi

15:32 / 05.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi marta yuk tashildi

22:17 / 03.06.2025