Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Spiker Jonson: AQSh Ukraina va Isroilga yordam berishni ma’qullaydi
AQSh Kongressi yaqin vaqt ichida Ukraina va Isroil uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishni ma’qullashi mumkin, dedi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson.

Foto: Francis Chung/POLITICO
AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson Kongress rojdestvo oldidan Isroil va Ukrainaga qo‘shimcha yordam paketini ma’qullashiga ishonch bildirdi. «Menimcha, bularning barchasi yaqin kunlarda birlashadi. Ishonchim komilki, biz buni uddalay olamiz», - dedi u Florida shtatining Sarasota shahrida 27 noyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda.
Jonson Isroilga yordam ko‘rsatishni Qo‘shma Shtatlar uchun asosiy ustuvor vazifa deb atadi, uning so‘zlariga ko‘ra, yana bir ustuvor vazifa Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdir. «Albatta, biz Rossiyaning Yevropa bo‘ylab yurishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz va biz Ukrainaga yordam kerakligini tushunamiz», deb ta’kidladi Vakillar palatasi spikeri. Har ikki davlatga yordam berish uchun «shoshilinchlik hissi» bor, dedi u va Kongress a’zolari bu borada faol muzokaralar olib borayotganini qo‘shimcha qildi.
Shu bilan birga, Jonson qo‘llab-quvvatlash shartini ilgari surdi - uning so‘zlariga ko‘ra, bu qonun chiqaruvchilarning AQSh chegaralarida xavfsizlik siyosatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha kelishib olishiga bog‘liq bo‘ladi. Politico ta’kidlaganidek, respublikachilar har qanday qo‘shimcha xarajatlar to‘g‘risidagi qonun loyihasining bir qismi sifatida ushbu o‘zgarishlarni ilgari surishga harakat qilmoqda.
Avvalroq AQSh Senatidagi demokratik ko‘pchilik yetakchisi Chak Shumer 4 dekabr kuni Ukraina va Isroilni moliyalashtirish masalasini ovozga qo‘yish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.
Oktyabr oyida AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressdan Ukraina uchun 61,4 milliard dollar va Isroil uchun 14,3 milliard dollarlik yordam paketini so‘ragan edi. Ukraina urushi boshlanganidan beri Vashington Kiyevga 113 milliard dollar ajratdi.
Mavzuga oid

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32 / 12.07.2025