Sergeli mashina bozori Tashkent Index’ga ko‘chirilmaydi
Sergeli mashina bozori ma’muriyatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, bozor buzilishi va boshqa joyga ko‘chirilishi to‘g‘risidagi gap-so‘zlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu masala bo‘yicha yozma yoki og‘zaki topshiriq yo‘q.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahar hokimiyati Qo‘yliq bozorida qurilish va rekonstruksiya ishlari boshlangani sababli tadbirkorlar o‘z faoliyatini Food city, Tashkent Index va boshqa savdo majmualarida davom ettirishi haqida ma’lum qilgandi. Ushbu holat fonida ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi mashina bozorida ham rekonstruksiya ishlari boshlangani, bozor to‘laligicha Tashkent Index'ga ko‘chirilishi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Kun.uz vaziyatga aniqlik kiritish uchun Sergeli bozori (“Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” MChJ) ma’muriyati bilan bog‘landi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan Sergeli mashina bozorining buzilishi va boshqa joyga ko‘chirilishi to‘g‘risida gap-so‘zlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu masala bo‘yicha yozma yoki og‘zaki topshiriq yo‘q. Bozor odatdagi tartibda o‘z faoliyatini davom ettiryapti”, deydi bozor direktori o‘rinbosari Rufat Mavlonov.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi
Jahon | 14:13
-
Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi
Jahon | 13:22
-
Transport vaziri gapi hukumat qarorini to‘xtatib qo‘ya oladimi? -taksichilar istalgan hududda ishlash erkinligi cheklanganicha qolmoqda
O‘zbekiston | 12:48
-
Tramp tug‘ilgan kunida Vashingtonda harbiy parad o‘tkazdi. Mamlakat bo‘ylab ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
Jahon | 12:36
Mavzuga oid

19:44 / 17.02.2024
Tashkent Indexʼda 6 ta avtomobilga shikast yetgani ma’lum qilindi

13:50 / 17.02.2024
Tashkent Index'da avtoturargohlarning tom qismi mashinalar ustiga qulagani aytilmoqda

16:24 / 01.06.2023
Sergeli mashina bozori buzilayotgani haqida xabar tarqaldi. Bozor ma’muriyati buni rad etdi

14:08 / 27.01.2023