Kogon tuman prokurori 90 ming dollar olgan vaqtida ushlandi
Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori Bahodir G‘ulomov 90 ming AQSh dollari olayotganda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. U qidiruvdagi shaxsga qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish va jinoyat ishi bo‘yicha yengillik qilib berish evaziga shuncha pul olgani aytilmoqda.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati
Kun.uz manbasiga ko‘ra, G‘ulomov 2024 yilning 13 fevral kuni soat 23:00larda qo‘lga olingan.
U Buxoro viloyati prokuraturasi ish yurituvidagi «Kogon yog‘-ekstraksiya zavodi» AJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan jamiyat ta’sischisi M.I.dan unga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish va jinoyat ishi bo‘yicha yengillik qilib berish evaziga vositachi orqali Buxoro shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markazi binosi yaqinida 90 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Buhodir G‘ulomov Kogon tumani prokurori lavozimiga 2022 yil aprelda tayinlangan. U avval Buxoro viloyati prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Mavzuga oid

07:40 / 21.05.2025
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi

11:27 / 20.05.2025
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

19:09 / 14.05.2025
Davlat xavfsizlik xizmatining koll-markazi ishga tushirildi

10:00 / 14.05.2025