Navoiyda kuchli chang bo‘ronlari kuzatilmoqda
Viloyat shimolida ko‘rinish masofasi 40-50 metrgacha, ayrim joylarda undan ham ko‘proq masofaga pasaygan.

Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida kuchli chang bo‘ronlari kuzatilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida kuchli shamol bo‘layotgani sababli chang-bo‘ronli ob-havo sharoiti davom etmoqda. Buning oqibatida ko‘rinish masofasi 40-50 metrgacha, ayrim joylarda undan ham ko‘proq masofaga pasaygan.
Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, bu kabi chang-to‘zonli havo Buxoro viloyatining cho‘l hududlarida ham kuzatilyapti. Bu esa yo‘llarda ko‘rinish masofasini cheklab, haydovchilar uchun biroz qiyinchilik tug‘dirmoqda.
Oldinroq 16–18 fevral kunlari respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17–22 metr/sekundga yetishi, ba’zida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkinligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi

11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi

18:21 / 09.04.2025