Hindistonda O‘zbekiston 7ta eng yaxshi sayohat yo‘nalishi ro‘yxatiga kiritildi
Hindistonning ixtisoslashgan Travel Links jurnali O‘zbekistonni 2024 yildagi yettita eng yaxshi sayohat yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritdi.

Foto: Kun.uz
"Dunyo" xabariga ko‘ra, "Osiyoning sirli marvaridlarini kashf qiling. Yaqin Sharq va undan tashqaridagi 7 ta eng yaxshi yo‘nalish" sarlavhali maqola muallifi mazkur nashr 2024 yilda sayohat qilish uchun yettita yashirin marvaridni tavsiya qilayotgani haqida so‘z yuritgan.
Maqolaning mamlakat sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan bo‘limi "O‘zbekiston: Ipak yo‘li mo‘jizalari va me’moriy ulug‘vorlik" deb nomlangan. "Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O‘zbekiston afsonaviy Ipak yo‘li bo‘ylab gullab-yashnagan boy tarix va madaniy uyg‘unlikning jonli dalilidir, – deb ta’kidlangan Travel Links jurnalida. – O‘zbek me’morchiligining ulug‘vorligini ifodalovchi maftunkor Samarqand shahridagi Registon maydonida mahobatli madrasalar majmuasi joylashgan".
Muallif qadimiy shaharning dunyoga mashhur diqqatga sazovor joylaridan tashqari uning hali kam o‘rganilgan manzillari bo‘ylab sayohat qilishni taklif qiladi. Bu esa tarixiy voqealar chorrahasi bo‘lgan shaharning qadri kamaymaydigan madaniy-ma’rifiy ahamiyatini aks ettiruvchi sirli xazinalarni kashf etishga ko‘mak beradi.
Mavzuga oid

14:01 / 24.05.2025
O‘zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 mln o‘quvchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025