Isroil Eronning hujumiga javob bo‘yicha bir qarorga keldi
Isroil harbiy vazirlar mahkamasi «Eron va uning ishonchli vakillariga aniq qanday javob qaytarish haqida qaror qabul qildi, biroq hozircha uning vaqtini belgilamadi», deb yozadi The Jerusalem Post.

Gersi Halevi Foto: IDF/UPI/newscom/picture alliance
Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) Eron tomonidan 14 aprelga o‘tar kechasi amalga oshirilgan havo hujumiga javob choralari bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda 16 aprel, seshanba kuni kechqurun The Jerusalem Post gazetasi bir nechta manbalarga tayanib yozdi.
Bu suhbatdoshlar nashrga Isroil harbiy vazirlar mahkamasi «Eron va uning ishonchli vakillariga aniq qanday javob zarba berishi haqida qaror qabul qilganini, ammo buning uchun hali vaqt belgilamaganini» tasdiqladi.
«Chunki vaqt har xil bo‘lishi mumkin va zarur bo‘lgan barcha murakkab tayyorgarliklar tufayli joriy qaror o‘zgarishi mumkin», deb davom etadi nashr «Biroq, qarorning o‘zi Isroil rahbariyati o‘ch olish uchun jiddiyligi va qat’iyatini ko‘rsatadi. Quddus mintaqaviy urushga aylanib ketmasligi uchun hujumni yumshatishga harakat qilishda davom etyapti».
Mualliflarning kuzatuvlariga ko‘ra, «muhim signallar yaqin kunlarda yirik hujum (Isroil tomonidan) sodir bo‘lmasligi va hatto uzoqroq muddatga kechiktirilishi mumkinligini ko‘rsatadi».
Isroilning Eron hujumiga javob berish imkoniyatlari
Ushbu hujumning mohiyati bo‘yicha, nashr yozishicha, quyidagi ssenariylar bo‘lishi mumkin: qattiq - Eronning yadroviy obektlariga zarba berish bilan, o‘rtacha - Eronning Isroilga hujumida bevosita ishtirok etgan uchuvchisiz uchoqlar yoki ballistik raketalar bilan bog‘liq obektlarga zarba berish bilan va «cheklanganroq variantlar», masalan, «aniq shaxslarni o‘ldirish yoki IIMK mansabdor shaxslarini sheriklari bilan birga chet elda jazolash yoki yuqoridagilarning ba’zilarini yirik kiberhujum bilan birlashtirish».
Isroil harbiy vazirlar mahkamasi 16 aprel kuni Eronning Isroilga hujumidan keyin uchinchi bor yig‘ilib, Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL)ning unga qarshi ehtimoliy javobini muhokama qildi. Avvalroq TsAHAL matbuot kotibi Daniel Xagari Kiryat-Malaxi shahri yaqinida joylashgan «Julis» harbiy bazasida jurnalistlar bilan suhbatda «Eron bu tajovuz uchun jazosiz qolmasligiga» va’da bergan edi. Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari bosh shtabi rahbari Gersi Halevi ham xuddi shunday bayonot bilan chiqdi.
Ayni paytda, Isroil harbiy vazirlar mahkamasi a’zosi Benni Gans Isroil Tehronga qarshi global va mintaqaviy ittifoq tuzishda AQSh bilan hamkorlik qilib, qachon va qanday javob qaytarishni hal etadi deya ma’lum qilgan, deb eslatdi The Times of Israel.
«Isroil strategik donolik bilan harakat qiladi va o‘zi tanlagan joy, vaqt va uslubda javob beradi. Bu tafsilotlar ochiqlanmaydi», - deya nashr Gatsning Israel Hayom gazetasi tomonidan uyushtirilgan konferensiyada aytgan so‘zlaridan iqtibos keltirgan.
Ayni paytda, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan 17 aprelga o‘tar kechasi Vashington yaqin kunlarda Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishini aytdi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi
Jahon | 14:13
-
Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi
Jahon | 13:22
-
Transport vaziri gapi hukumat qarorini to‘xtatib qo‘ya oladimi? -taksichilar istalgan hududda ishlash erkinligi cheklanganicha qolmoqda
O‘zbekiston | 12:48
-
Tramp tug‘ilgan kunida Vashingtonda harbiy parad o‘tkazdi. Mamlakat bo‘ylab ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
Jahon | 12:36
Mavzuga oid

14:13
Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi

13:22
Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi

10:46
Yaqin Sharqdagi «porox to‘ldirilgan bochka». Isroil va Eron ziddiyati tarixi

08:39