Toshkent viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Ohangaron tumani hokimi viloyat hokimiga o‘rinbosarlikka o‘tdi, tumanga yangi rahbar tayinlandi.
Erkin Madorbekovich Muhiddinov Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Erkin Muhiddinov 1976 yili Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1997 yili Andijon iqtisodiyot boshqaruv instituti, 2000 yili Bank-moliya akademiyasi, 2007 yilda Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti oliy maktabini (Yaponiya) tamomlagan.
U muqaddam kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2023 yil avgustida Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
U yangi lavozimda Abdurasul Abdullayevning o‘rnini egalladi. Muqaddam Ohangaron tumani hokimi bo‘lgan Abdullayev 2023 yil avgustidan buyon viloyat hokimi o‘rinbosari edi.
O‘z navbatida, Muhiddinov o‘rniga Doniyor Madirimov Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi.
Doniyor Mamatsaliyevich Madirimov 1979 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1999 yil O‘zbekiston Milliy universiteti, 2019 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
D.Madirimov faoliyati davomida Toshkent shahar Statistika boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasida bo‘lim boshlig‘i, Shayxontohur tumani hokimining o‘rinbosari, Toshkent viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo iqtisodiy boshqarmasi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i singari mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Isroilga yangi raketalar to‘lqinini uchirdi
Jahon | 07:41
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
Mavzuga oid

12:11 / 10.06.2025
Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning muomalaga kiritilishi oldi olindi

15:25 / 02.06.2025
Ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025